Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... - 9 January 2012 - MixFilmS.uCoz.CoM
Home » 2012 » Yanvar » 9 » Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....
0:18 AM
Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....
Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....
O'zimni sevardim...... 

Quvonch emas qayg'uga hamroh bo'ldim 

Yahshigamas, yomonga gumroh bo'ldim 

O'zgalarmas, nega aynan men o'ldim? 

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim..... 



Nasib etdi faqat ayriliq menga 

Bahtli onlar hamrohdir faqat senga 

Visol lahzalari nasibdur kimga? 

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim..... 



Qismatim Zaynabga o'hshab ketadi 

Kumush ko'zlarimni yoshlab ketadi 

Otabegim meni tashlab ketadi 

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim..... 



Laylilar Majnunga yetdi tobora 

Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora 

Yolg'iz Oysha seni deya ovvora

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim..... 



Sensiz yashay olish qo'limdan kelmas 

Ko'zimdagi yoshku soydagi selmas 

Sog'inib, sevganim bevafo bilmas 

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim..... 



Hayr degan edim, alvido emas 

Dildagi gaplarim bir nido emas 

Bu dunyoda meni g'amlar ham sevmas 

Agar senga o'hshasam, 

men o'zimni sevardim.....

Category: Новости | Views: 378 | Added by: MixFilms | Tags: men o'zimni sevardim....., Agar senga o'hshasam | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Log In ]